O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Seul xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston — Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.