Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga kelgani haqida xabar berilgandi. Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari, mamlakat moliya vaziri Kim Don Yon kutib oldi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya Respublikasi bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Koreya prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga uyushtirgan tashrifida uni Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva kutib olgan edi.

Foto: Getty Images

Kim Don Yon hukumatda egallagan lavozimi bo‘yicha Kan Gyon Xvadan yuqorida turadi.

Skrinshot: Korea.net

Shuning o‘zi ham O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi ikki mamlakat uchun naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi.