Qozog‘istonning Oqmola viloyati hokimi Malik Murzalin Sirdaryo viloyati hokimligi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Murzalin Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar faol rivojlanib borayotgani, biroq tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, mintaqalar o‘rtasida vositachilarsiz mahsulotlar yetkazib berilishiga erishish va sanoat sohasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Ikrom Nazarov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusida birgalikdagi ishlab chiqarish yuzaga kelishiga umid bildirdi.
Tomonlar ikki mintaqa o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Izoh (0)