O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyotlar 18-noyabr kuni Toshkent uzra mamlakat Davlat bayrog‘ini olib o‘tishi rejalashtirilgan. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu aksiya O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — 18-noyabr munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Davlat bayrog‘i Toshkent ko‘chalari bo‘ylab, Amir Temur xiyoboni — Amir Temur ko‘chasi — Toshkent teleminorasi — Hayvonot bog‘i — Markaziy harbiy klinik gospitali — Akademiklar shaharchasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Parkent ko‘chasi — Tuzel qo‘rg‘oni yo‘nalishi bo‘yicha ham olib o‘tiladi.
Izoh (0)