8-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi. Aytishlaricha, Sankt-Peterburgda 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.
2. Toshkentda moldovalik olti sigan qo‘lga olindi. Ular arzon oshxona buyumlarini qimmatga sotish bilan shug‘ullangan. Ularga qanday chora ko‘rilishi haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yil boshidan beri jalb etilgan chet el investitsiyalari 4 milliard dollardan oshdi. 2011–2016-yillarda O‘zbekistonda chet el investitsiyalari hajmi 3,3 milliard dollardan 1,9 milliard dollarga kamaygan edi.
4. Toshkentda Kinochilar uyi va metropoliten boshqarmasi binosi buziladi. Bu va ularga yondosh binolar Tashkent City ishbilarmonlik markazi barpo etiladigan hududga tushib qolgan.
5. OAV: Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumon qilinganlardan 800 mlrd dollarlik aktivlarni musodara qilinadi. Mamlakatda aksilkorrupsiya kampaniyasi boshlangan.
Izoh (0)