Saudiya Arabistoni shahzodasi Abdulaziz bin Fahd aksilkorrupsiyaviy tozalash doirasidagi hibsga olish chog‘ida yuz bergan otishmada halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Sabah manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Shahzoda Abdulaziz marhum podshoh Fahdning kenja o‘g‘li hisoblanadi.
Mamlakat axborot vazirligi mazkur ma’lumotga izoh berar ekan, “OAVda tarqalayotgan mish-mishlarda asos yo‘qligi, shahzoda Abdulaziz tirik va salomat” ekanligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining korrupsiyaga qarshi qo‘mitasi 11 nafar shahzoda, bir necha vazir va hukumatning 38 nafar sobiq a’zosini hibsga olishga sanksiya berdi. Yaqinda paydo bo‘lgan ushbu tashkilotni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshqardi. Ekspertlar u shu tariqa hokimiyatga yo‘lni tozalayotganini bildirmoqda.
Izoh (0)