7-noyabr, seshanba kuni qurollangan shaxslar Shamshad TV telekompaniyasining Kobuldagi ofisiga bostirib kirdi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekompaniya ofisi joylashgan hududda otishma sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida portlash ovozi eshitilgan.
TOLOnews o‘zining Twitter’dagi sahifasiga ta’kidlashicha, Shamshad TV o‘z efirlarini uzib qo‘ygan.
Izoh (0)