• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi quyosh elektr stansiyasi: loyiha ijrosini kim ortga surmoqda?

    Qariyb bir yil oldin “O‘zbekenergo” DAK Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd kompaniyasi tenderda yutib chiqqani va Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini bunyod etajagini, qiymati $233 mln bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishga Osiyo taraqqiyot banki krediti jalb etilishini bildirgandi. Xitoylik sheriklar bir yildan buyon O‘zbekistonda, lekin ular bilan shartnoma hanuz imzolanmagan, qurilish boshlanmagan. Sabab nimada? “Kommersant.uz”ning maqolasi shu mavzuga bag‘ishlandi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Bir kun, Yer orbitasidan tunda olingan fotosuratlarni tomosha qila turib, Toshkentdan janubroq va g‘arbroqda joylashgan katta maydonlar qorong‘ulik qa’rida qolganligini ko‘rdim. Samarqand, Qarshi yoki Nukusni ko‘rish amrimahol edi. Agar fotosuratda Markaziy Osiyo ekanligini bilmaganimda, bu bir chekkasida yolg‘iz shahar qad rostlagan qandaydir kimsasiz sahro degan xayolga borgan bo‘lardim (shimolroqda Qozog‘iston shaharlari yorishib turardi). Xorijga eksport qilinayotgan elektr energiyasining ichki bozorda yetishmasligi – bu XXI asrda mamlakatimiz aholisi kundalik hayotida to‘qnash kelayotgan voqelikdir. Keyingi yillarda bu muammoning yechimi yo‘q, degan tasavvur tobora mustahkam ildiz otmoqda. Sovet Ittifoqidan qolgan tizim eskirdi, zamonaviy texnologiyalar esa, bamisoli bizni chetlab o‘tgandek. Energetika tarmog‘ining barcha sohalarida avj olgan korrupsiya tufayli vaziyat yanada chuqurlashgan.

    Biroq, 2014-yil oktabrda, Prezident farmoniga muvofiq, Samarqandda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilinganda, va nihoyat O‘zbekiston energetik modernizatsiya yo‘liga qadam tashlagandek ko‘ringandi.

    Quvvati 100 MVt bo‘lgan Samarqand stansiyasini 2016-yil ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi. Tender e’lon qilinganiga uch yil, “O‘zbekenergo” DAK va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida loyihani amalga oshirish uchun kredit ajratish bo‘yicha kelishuv imzolanganiga to‘rt yil bo‘ldi. Qiymati $233,1 mln bo‘lgan loyiha OTB ($110 mln), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi ($110 mln) va “O‘zbekenergo” ($13,1 mln) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

    Qurilish hanuz boshlangani yo‘q.

    2016-yil iyulda viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi inspeksiyasi boshlig‘i To‘raxon Hoshimov qurilish uchun joy tayyorlab qo‘yilganligini ma’lum qilgandi: hududga olib boruvchi yo‘llar tartibga solingan, hudud atrofi panjaralar bilan to‘silgan, artezian quduqlari tayyorlangan, o‘z ehtiyojlari uchun transformatorlar o‘rnatilgan. Buning uchun 4 mlrd. so‘m sarflandi. Hudud mana shunday ko‘rinishda edi:

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan hudud. 2016-yil. Foto: “Nuz.uz”

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan hudud. 2016-yil. Foto: “Nuz.uz”

    O‘shanda, qurilish bo‘yicha tender g‘olibi aniqlangandan keyin, modullar o‘rnatilishi 2016-yil 1-sentabrda boshlanishi aytilgandi.

    Tender g‘olibini esa, faqat 2016-yil dekabrida e’lon qildilar – u Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd kompaniyasi bo‘ldi. Qariyb bir oy o‘tdi, lekin loyiha joyidan jilgani yo‘q. Sababi nimada?

    Tender qanday o‘tgandi?

    “O‘zbekenergo”dagi suhbatdoshim aytishicha, tenderda turli mamlakatlardan 19 ta kompaniya qatnashgan. Biroq, saralashning birinchi bosqichidayoq ko‘proq tajribaga va ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyalari asosiy da’vogar ekanligi ko‘rinib qoldi. Bundan tashqari, xitoyliklar eng past narx va maqbul muddatni taklif qilardilar. Natijada da’vogarlar qisqa ro‘yxatida beshta ishtirokchi qoldi.

    Shunda dastlabki to‘siqlar va ishni cho‘zishlar paydo bo‘la boshladi. O‘zbekiston tomoni ikkita koreyalik kompaniya – Daewoo va KT Corporation’ni ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritishni talab qildi. Bu hol raqobat darajasini oshirishi, pirovardida, ishtirokchilar taqdim etayotgan loyihalar sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Aslida ikkala koreys kompaniyasi avvalroq, asosiy talablar (xususan, ijrochi-kompaniya shunday ko‘lamdagi quyosh stansiyasi qurish tajribasiga ega bo‘lishi kerakligi)ga javob bera olmay, saralashdan o‘ta olmagandi. OTB bunga ko‘ndi va da’vogarlar ro‘yxatini kengaytirishga rozi bo‘ldi.

    2015-yil o‘rtalarida eng yaxshi loyihani, har qalay, Xitoy kompaniyasi – Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd taqdim etgani ma’lum bo‘ldi.

    O‘zbekiston tomoni, Germaniyaning C2Energy kompaniyasidan olingan xatlarga tayanib, takroriy tender o‘tkazishni taklif qildi. Xatlarda tender ham, uning g‘olibi ham xalqaro standartlarga muvofiq kelmasligi haqida aytilardi. OTB “O‘zbekenergo”ga yo‘llagan xatida takroriy tender o‘tkazish uchun obyektiv sabablar yo‘qligini va jahon tajribasida faqat fors-major holatlardagina bunday choralar qo‘llanilishini qayd etadi.

    Shunday bo‘lsa-da, bank g‘olibning ham tender, ham zamon talablariga muvofiqligini baholash uchun malaka komissiyasini tashkil etishni taklif qildi. Malaka attestatsiyasini o‘tkazish uchun Buyuk Britaniyaning OST Energy kompaniyasi chaqirildi. Britaniyaliklar Xitoyda bo‘lib, da’vogar amalga oshirgan qator obyektlarda bo‘ldilar, ularning ishlab chiqarish quvvati va xizmat sifati bilan tanishdilar. Yana bir bor loyiha qiymatini baholash o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra xitoylik ishtirokchiga hech qanday da’volar bildirilgani yo‘q – loyiha talablarga to‘liq javob berardi.

    Xitoylik pudratchilar bilan kontrakt 2016-yil dekabridagina, “O‘zbekenergo”dagi suhbatdosh so‘zlariga ko‘ra, Prezident va OTB bosimi ostida imzolandi. Tender yakunlari haqida ham o‘shanda e’lon qilindi.

    Xitoylik sheriklar darhol bir guruh muhandislar va geologlarni bo‘lajak stansiya hududiga jo‘natdilar, Toshkentda esa, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdilar va shahar markazidan ofisni ijaraga oldilar. Bundan tashqari, loyihaga quyosh panellarining yangilangan variantini kiritdilar, zero loyiha tasiqdlangunicha, oldingi panellar eskirishga ulgurgandi. Buning uchun qo‘shimcha haq talab qilinmadi.

    Prezident Mirziyoyevning 2017-yil 26-maydagi qarorida loyiha amalga oshirilishining yangi muddatlari keltirilgan – 2017–2018-yillar. “Janubi-g‘arbiy magistral elektr tarmoqlari” DK yetakchi muhandisi Sanjar Qo‘ldoshev tasdiqlashicha, stansiyani bunyod etish bo‘yicha ishlar hali boshlangani yo‘q.

    Nega?

    Har qanda xalqaro kontrakt, imzolanganidan keyin, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak (avval bu bilan TIAvaSV shug‘ullanardi). “O‘zbekenergo”dagi manba so‘zlariga ko‘ra, TIAvaSVda kontraktni juda qimmat deya, ro‘yxatga olishdan bosh tortdilar (holbuki, g‘olibning loyihasi taklif qilinganlar ichida eng arzoni edi). Vaholanki, loyiha bir necha marta, jumladan O‘zbekiston tomonidan baholangan, mamlakat oliy rahbariyati stansiyani tezroq ishga tushirib, keyingi loyihaga o‘tishni qo‘zlagan edi. Qator muzokaralardan keyin xitoylik sheriklar narxni tushirmasliklari aniq bo‘ldi.

    Joriy yil bahorida TIAvaSV Tashqi savdo vazirligiga o‘zgartirildi. Endi kontraktni imzolash Prezident farmoniga muvofiq tashkil etilgan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakolatiga o‘tdi. Biroq, bu hali ham amalga oshmadi. “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati tomonidan kontrakt imzolanishi kutilmoqda, deb xabar berishdi ushbu kompaniyada.

    Bundan tashqari, bizga ma’lum bo‘lishcha, joriy yil avgustida Xitoy kompaniyasi “O‘zbekenergo”dan xat oladi, unda kompaniya boqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev loyihaning rentabelligini shubha ostiga olib, 100 MVt quvvatga ega bitta stansiya emas, 10 MVt quvvatga ega 10 ta stansiya qurishni taklif qiladi. Bunday xat yo‘llanishiga nima asos bo‘lgani noma’lum, chunki u mamlakat rahbariyati tutgan yo‘lga ham, energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish xalqaro tajribasiga ham zid keladi. O‘zbekiston tomoni keyingi uch yil davomida uzoq muzokaralar, katta xarajatlar va ko‘p mehnat evaziga erishilgan natijalarni yo‘qqa chiqarib, hammasini boshdan boshlashni taklif etayotgan bo‘lib chiqmoqda.

    “Kommersant.uz” ushbu loyihani amalga oshirishga u yoki bu darajada aloqasi bor vazirliklar, idoralar va kompaniyalarga izoh so‘rab murojaat qildi. Rasmiy javoblar olgach, tafsilotlarini o‘rtoqlashishga va’da berdi.

    07.11.2017, 08:51   Izoh (0)   14581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning barcha hududlarida 2018-yilning yanvar oyidan haydovchilar malakasini oshirish markazlari ish boshlaydi

    06.11.2017, 21:50

    O‘zbekiston Prezidenti meva-sabzavot eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida qaror imzoladi

    06.11.2017, 21:40

    Sharof Rashidovning yubileyi, 32 500 000 o‘zbekistonlik, uch haftalik o‘sishdan so‘ng pastlagan dollar va kunning boshqa muhim xabarlari

    06.11.2017, 20:53

    O‘zbekistondagi barcha notariuslar nodavlat idoralarga aylantiriladi

    06.11.2017, 19:40

    Turkiyalik sobiq deputat O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchilik qiladi

    06.11.2017, 19:14

    O‘zbekistonlik tadbirkorlarga tovarlarni sug‘urta polisi va bank kafolatisiz xorijiy valyutada eksport qilishga ruxsat beriladi

    06.11.2017, 19:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.