6-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi. Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashib, nutq so‘zladi.
2. O‘zbekiston aholisi soni 32,5 mln kishidan oshdi. Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga ko‘paydi.
3. O‘zbekistonda dollar kursi uch haftalik o‘sishdan so‘ng 10,50 so‘mga pastladi. Bungacha dollar kursi ketma-ket uch hafta o‘sdi, o‘sishdan avval esa kurs besh hafta davomida pastlagan edi.
5. Farg‘ona viloyati o‘z sayyohlik brendiga ega bo‘ldi. Logotip shiori — Ferghana. Enjoy the Beauty (“Farg‘ona. Go‘zallikdan bahra ol”).
4. Turkiyalik sobiq deputat O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchilik qiladi. Uning nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida Antaliya viloyati tomonidan tavsiya etilgan.
Izoh (0)