Yaponiyada tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh prezidenti Donald Tramp yapon bosh vaziri Sindzo Abe bilan birga dekorativ karplar — baliqlarni ovqatlantirish marosimida ishtirok etdi. Holat aks etgan video The Guardian tomonidan e’lon qilingan.
Siyosatchilar suvga ozuqani kamroq hissada maxsus qoshiq yordamida tashlashni boshlagan. Biroq ikkala siyosatchining ham sabri chidamadi. Birinchi bo‘lib Abe idishdagi ozuqaning hammasini suvga to‘kib yubordi, Tramp ham bu ishni takrorladi. Holat atrofdagilarni quvontirdi. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va marosimning boshqa ishtirokchilari o‘zlarini arang kulgidan tiyib turdi.
Izoh (0)