Germaniyaning Bretten shahrida yashovchi pensioner politsiyaga hovlisidan topilgan Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba tufayli murojaat qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar “bomba” 5 kilogrammli qovoqcha ekanligini aniqladi. Uni kimdir pensionerning uyiga uloqtirgani taxmin qilindi.
Mahalliy aholi evakuatsiyasiga hojat qolmadi. Pensioner qovoqchani o‘zi biryoqli qildi.
Izoh (0)