AQShning Kaliforniya shtatida qiymati 1 million dollardan ziyod bir necha million asalarini olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisa (YTH)ga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, katta yo‘ldagi harakat birdan to‘xtab qolgan. Oqibatda u keskin burilishni amalga oshirib, yo‘l yoqasidagi uyumga urilgan. Bir necha yuzlab arixonalar yerga sochilib ketgan.
Asalarishunos Neytan Smitning so‘zlariga ko‘ra, avariya tunda yuz bergani va shu zahoti yomg‘ir boshlanganidan kelib chiqilsa, “asalarilarni ushlab qolishning yagona gumanistik yo‘li” — ustidan ko‘pikli suv quyib, ularni o‘ldirish edi.
Asalarilar Montanadan Kaliforniya vodiysiga olib ketilayotgan bo‘lgan. Ular vodiyda bodom daraxtlarini changlatishi lozim edi. Smitning so‘zlariga ko‘ra, bu mashinadagi jami arilarning qiymati 1—2 million dollar atrofida.
Izoh (0)