Internetda Yaman hududidan Saudiyaning Ar-Riyod shahridagi xalqaro aeroportga uchirilgan ballistik raketa parvozi aks etgan video paydo bo‘ldi. Rolik terrorchilar faoliyatini yoritish bilan shug‘ullanadigan Directorate 4 Telegram-kanaliga joylandi.
Kanalda ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoniga Burkan-2H raketasi uchirilgani aniqlangan. Avvalroq esa Burkan-1 (modernizatsiya qilingan sobiq ittifoq davridagi R-17 “Elbrus” va Shimoliy Koreyaning “Xvason-6” raketasi) haqida aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr, shanba kuni Yaman hududidan uchirilgan ballistik raketa Saudiya tomonidan tutib qolindi va ar-Riyod xalqaro aeroporti yaqinida quladi.
Izoh (0)