5-noyabr, yakshanba kuni Saudiya Arabistonining oliy mansabdor shaxslarini olib ketayotib, qirollikning Yaman bilan chegarasi yaqinidagi Asir ma’muriy okrugida halokatga uchragan vertolyot bo‘laklari topildi, deb yozadi “TASS” Saudiya matbuot agentligiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni agentlik keltirmadi.
Aviahalokatda to‘qqiz kishi — nazorat maqsadidagi safar paytida bortda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan. Ular orasida Asir viloyati gubernatorining o‘rinbosari Mansur bin Mukrin va Asir politsiya boshlig‘i bo‘lgani ma’lum.
Izoh (0)