Toshkent metrosi bekatlariga metallodetektor romlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Hozirda qanday romlarni sotib olishimiz borasida tanlov olib bormoqdamiz”, — dedi Sodiqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir muddat avval “Bunyodkor” stansiyasiga metellodetektor romlarning ikki-uch turi o‘rnatilgan, “ular tajriba sinovlaridan o‘tkazilgan”.
Izoh (0)