Moskva shahrida joylashgan Metropolis savdo markazida 2-noyabr kuni Erdem x H&M brend do‘konining faoliyat boshlashi xaridorlarni to‘rt soat navbatda turishga majbur qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, do‘konga kiraverishda ayollar kiyimlari bo‘limida kiyimlarni kiyib ko‘rish mumkin emasligi va bir xaridor faqat bir dona o‘lchamdagi kiyimni xarid qilishi mumkinligi hamda xarid jarayoniga o‘n daqiqadan ko‘p vaqt ajratish mumkin emasligi yozilgan.
To‘plamdagi kiyimlar bir juft paypoq uchun 1500 rubldan boshlanadi. Eng qimmat kiyim esa 20 ming rubl turuvchi ko‘ylak bo‘ldi.
Izoh (0)