Janubiy Koreya politsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrifi davomida Seul markazida norozilik aksiyalari o‘tkazishga talabnomalarning aksariyatini rad etdi. Bu haqda jurnalistlarga huquq-tartibot idoralari vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Seul politsiyasi boshqarmasiga Amerika yetakchisi tashrifiga qarshi namoyish o‘tkazish bo‘yicha jami 50 ta talabnoma kelib tushdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ulardan faqat ikkitasiga ruxsat berildi”, — dedi u.
Namoyishlar Seul markazidagi Kyonbokkun saroyi va Chxonvade prezident qarorgohi hududida bo‘lib o‘tadi. Ularni so‘l kuchlar tashkillayotgani bildirilmoqda.
Tramp Janubiy Koreyada 7—8-noyabr kunlari bo‘ladi. Uning prezident Mun Chje In bilan muzokaralar o‘tkazishi, mahalliy parlamentda chiqish kilishi va AQSh qurolli kuchlarining Camp Humphreys harbiy bazasiga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)