Ispaniya va Germaniya huquq-tartibot organlari Sevilya shahrida 1109 kilogramm kokainni musodara qilish bo‘yicha hamkorlik operatsiyasini amalga oshirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Operatsiya huquq-tartibot organlari xodimlari ofisi Sevilya va Malaga shaharlarida joylashgan Ispaniya kompaniyasi Kolumbiyada narkotik moddalarni xarid qilganini bilganidan keyin, joriy yilning avgust oyida boshlangan edi.
Kokain Lotin Amerikasidan odatiy konteynerda Ispaniya janubidagi Alxesiras portiga olib kelingan.
Izoh (0)