“Raketa” brendi ostida soat ishlab chiqaruvchi zavod Oktabr inqilobining yubileyiga atab cheklangan miqdorda o‘z modelini taqdim etdi. Soat modelining dizaynini Romanovlar qirollik sulolasining avlodi, knyaz Rotislav Romanov yaratgan bo‘lib, u qora korpus va qora kamardan iborat, deb xabar berdi Rambler.
Rotislav Romanov inqilob oqibatida halok bo‘lganlar xotirasi sharafiga soat siferblatlariga o‘z qonini tomizdi.
“Biz halok bo‘lgan millionlab ruslarning unutilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, ular kim bo‘lishidan qat’i nazar: oq gvardiyachilar bo‘ladimi yoki ishchilar, rohiblar, dehqonlar yoki Nikolay II boshchiligidagi qirollik oilasi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Biz rus tarixidagi ushbu voqeani chuqur qayg‘u bilan yodga olishimiz kerak. Bu yerda bayram qilish uchun sabab yo‘q. Shuning uchun biz inqilob chalkashliklarida to‘kilgan qonlar ramzi sifatida tomchi qon tomizilgan qora soatlarni chiqarishga qaror qildik”, — deydi Romanov.
Izoh (0)