AQSh harbiy-havo kuchlari 12 ta yangi F-35A jangovar samolyotidan 2 tasini Qo‘shma Shtatlarning Okinava orolidagi (Yaponiya) Kadena aviabazasiga yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qolgan 10 ta samolyot Okinavaga shu hafta mobaynida yuborilishi bildirimoqda.
Havo kemalari va taxminan 300 kishidan iborat shaxsiy tarkib orolda muntazam rotatsiya doirasida kamida 6 oy bo‘lishi kuzda tutilgan.
Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining 10 kunlik Osiyo bo‘ylab safarini 5-noyabr kuni Yaponiyaga tashrifdan boshlaydi.
Izoh (0)