AQSh prezidenti Donald Tramp yuristlar guruhi, shuningdek, maslahatchisi va kuyovi Jared Kushnerni “Rossiya bilan aloqalar ishi” bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishiga olib kelgan qarorlar qabul qilishni tavsiya etganlikda aybladi. Bu haqda Vanity Fair ma’lum qildi.
Nashr manbasiga ko‘ra, Oq uy xo‘jayini maxsus prokuror Robert Myuller tekshiruvi chuqurlashib ketishiga yo‘l qo‘ygan o‘zining yuristlar guruhidan nolidi.
Tramp 31-oktabr kuni sobiq maslahatchisi Stiv Bennon bilan suhbatda kuyovini prezident maslahatchisi Maykl Flinn va FQB rahbari Jeyms Komini ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilishda aybladi.
Boshqa manbaning ta’kidlashicha, saylovoldi shtabining sobiq maslahatchisi Rojer Stoun Jared Kushner prezidentga nojo‘ya siyosiy maslahatlar berganini aytganda, Tramp bu fikrga qo‘shilgan.
Izoh (0)