Rossiya ichki ishlar vazirligi Yevropadan Rossiyaga narkotik moddalar tashiydigan jinoiy tashkilotni fosh etish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Operatsiya jarayonida 100 kilogramdan ortiq noqonuniy narkotik moddalar va yana shuncha narkotik ishlab chiqarish uchun olib kelingan xomashyo musodara qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ufa shahridagi ikkita shahar qabristonida narkotik moddalar saqlanadigan 240 ta maxfiy joy aniqlandi.
Rostov viloyatida esa sintetik narkotiklar ishlab chiqariladigan laboratoriya aniqlandi. Mazkur laboratoriyada mefedron moddasi ishlab chiqarilgan.
Tekshiruvlar jarayonida 20 kilogramm tayyor narkotik va 100 kilogramm xomashyo daliliy isbot sifatida olingan. Transport politsiyasi vakillari sintetik narkotiklar ishlab chiqarishga aloqador bo‘lgan ikki kishini qo‘lga olgan.
Izoh (0)