Suriyaning Aleppo viloyatida 198 nafar jangari rasmiylarga taslim bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning mojaro tomonlarini yarashtirish markazi vakili Soslan Seboyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Noqonuniy qurolli tuzilmalar qatnashchilarini Alepponing sharqiy qismidan olib chiqish, xavfsizligini ta’minlagan holda kuzatib borish va kelgusida avf etish haqida kelishuvga erishildi”, — dedi Seboyev.
Jangarilar hukumat nazoratida bo‘lmagan hududdan nazorat-o‘tkazish punkti orqali olib chiqildi.
Punktda Suriya maxsus xizmatlari xodimlari ularni birma-bir ko‘zdan kechirdi. Rossiya harbiy politsiyasi hudud xavfsizligini ta’minladi.
Viloyat ma’muriyati vakili Abdulla Husaynga ko‘ra, taslim bo‘lgan jangarilarning aksari avf etiladi.
Izoh (0)