Chelyabinsk viloyatidagi Argazi ko‘lida to‘ntarilgan qayiq ichidagi odamlarni qutqarish chog‘ida politsiya xodimlari halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Qayiqda 5 kishi bo‘lgan. Uning yonida baliq ovlayotgan “Karabash” politsiya bo‘limining ikki xodimi yordamga shoshdi. Ular qayiqlariga cho‘kayotganlarni chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq u ham qirg‘oqdan 200 metr uzoqlikda ag‘darilib ketdi.
Qirg‘oqqa to‘ntarilgan qayiqda bo‘lgan ikki erkak chiqoldi, xolos.
Hozirda ko‘lda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Tergov-operativ guruhi ish boshladi.
Izoh (0)