O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati xalq orasida tarqalgan “is chiqarish” odatining xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.
“Sadaqa baloni qaytarishi hadisi sharifda bor. Inson, albatta, bir baloga giriftor bo‘lgandan keyin shu kabi ishlarni qilishga odatlanmay, ko‘ngilsizliklarni kutib yurmay, doimo imkoniyat darajasida oz bo‘lsa ham sadaqa berib yurishga odatlansa yaxshi bo‘ladi. Lekin ko‘chada chalpak qilib tarqatish va boshqa bid’at urf-odatlarni qilish mumkin emas. Uyida qilsin va kambag‘allarga tarqatsin. Shu kifoya”, — deyiladi ma’lumotda.
Izoh (0)