YouTube’ga Kiyevdagi Mitskevich ko‘chasida sodir bo‘lib, Oliy rada xalq deputati Igor Mosiychuk va siyosatshunos Vitaliy Balaga jabr yetkazgan kuchli portlash oqibatlari aks etgan video joylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Videoda shifokorlar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatayotgani aks etgan. Shuningdek, hodisa joyida oynalari sinib, qismlari qayishib ketgan kuchli zarar ko‘rgan avtomobillarni payqash mumkin.
Xalq deputati Anton Gerashchenkoning so‘zlariga ko‘ra, portlash yuz bergan joy yaqinidagi turar-joylarning ham oynalari sinib ketgan.
“Portlash kuchi 1 kilogramm trotil ekvivalentidan kam bo‘lmaganga o‘xshaydi. Voqea joyida minalardan tozalash bo‘yicha mutaxassislar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmatlar xodimlari, tergov-tezkor guruh ishlamoqda”, — deb yozdi u Facebook’ka.
Avvalroq Kiyev markazida sodir etilgan portlash terakt sifatida talqin qilingan edi.
Izoh (0)