Tailand poytaxti Bangkokda qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning dafn marosimi bo‘lib o‘tmoqda. U o‘tgan yilning oktabrida vafot etgan edi. Marosim 25-oktabr, chorshanba kuni boshlandi va besh kun davom etadi, deb yozadi “TASS”.
Dafn marosimiga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rildi, bu davrda qirolning jasadini balzamlab qo‘yishdi. Butun o‘tgan yil davomida mamlakatda motam hukm surdi. Ayni paytda ruhoniylar va qirollik oilasi a’zolari diniy rasm-rusumlarni ado etmoqda, so‘ng qirolning jasadi krematsiya qilinadi (kuydiriladi). Bu bugun kechki payt maxsus qurilgan dafn majmuasida amalga oshiriladi. Uni bir necha oylar davomida barpo etishgan.
Marhum yetakchiga hurmat bajo keltirish uchun Bangkokka turli mamlakatlardan oliy darajali mehmonlar yetib keldi. Murda kuydirilgach, u katta qirollik saroyining taxt o‘rnatilgan xonasiga ko‘miladi. U Chakra sulolasining barcha monarxlari uchun maqbara rolini bajaradi.
Izoh (0)