Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kiyev markazida sodir etilgan portlash terakt sifatida talqin qilinmoqda. Bu haqda Ukraina IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Ukraina IIV

Hodisani tekshirish bilan Ukraina xavfsizlik xizmati shug‘ullanadi. Voqea joyida tezkor guruh va portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar ishlamoqda.

Vazirlikka ko‘ra, portlash oqibatida 5 kishi, jumladan, Radikal partiyadan saylangan Oliy rada deputati Igor Mosiychuk va uning qo‘riqchisi jarohat oldi. Politsiyaning maxsus polki xodimi bo‘lgan 30 yoshli qo‘riqchi keyinchalik olamdan o‘tdi.

Igor Mosiychuk.

Igor Mosiychuk.
Foto: Ukraina IIV

Kiyev markazidagi “Espresso” telekanali binosi oldidagi portlash 25-oktabr, chorshanba kuni ro‘y berdi. Deputat mototsikliga joylashtirilgan portlovchi qurilma kuchi trotil ekvivalentida kamida bir kilogramm bo‘lgani bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi