AQSh qurolli kuchlarining jangovar robototexnika uchun xarajatlarining joriy darajasi Pentagon tomonidan taxmin qilinganidan taxminan 90 foiz oshiq. Bard-kollej mutaxassislari tomonidan tayyorlangan hisobotda shunday raqamlar aks etgan, deya xabar beradi “TASS”.
Hisobotga ko‘ra, 1-oktabrda boshlangan 2018-moliyaviy yilda AQSh mudofaa vazirligi turli uchuvchisiz uchish, suvosti va suvusti qurilmalari hamda shunga o‘xshash boshqa tizimlar uchun 6,97 milliard dollar ajratish niyatida.
Bu 2017-moliyaviy yilga nisbatan 21 foizga ko‘p.
Oxirgi 5 yil mobaynidagi shunday xarajatlarni inobatga olinsa, Pentagon mazkur dasturlarga 2013-yilda rejalashtirilganidan 90 foiz ko‘p sarflayotgani oydinlashadi.
Izoh (0)