IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari suriyalik harbiylarga Rossiya tomondan yetkazib berilgan Т-90А tankini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchilar Mayadin shahridan sharqqa sharqqa qarab harakatlanayotganda yuz bergan to‘qnashuvda tankni qo‘lga kiritgan. Jangarilar qo‘lga olingan transportni T-72 tanki deb o‘ylagan.
Sentabr oyida Suriya armiyasining bo‘linmasi Xama provinsiyasida oppozitsiya kuchlari tomonidan qo‘lga olingan T-90 tankini yo‘q qilgan edi.
Izoh (0)