Qaroqchilar Nigeriyaning Port-Xarkort shahri janubidagi Biafra ko‘rfazida Demeter konteyner tashuvchisiga hujum qildi. Kema Gamburgning Peter Döhle Schiffahrts-KG kemachilik kompaniyasi tegishli bo‘lib, Liberiyada ro‘yxatdan o‘tgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
8 nafar qaroqchi tezyurar motor qayiqda kemaga o‘tib, ekipajning 6 a’zosi, jumladan, kapitanni o‘g‘irlab ketdi.
Ular kemani tark etganidan so‘ng Demeter bortda qolgan va hujum oqibatida jabrlanmagan 12 kishi bilan harakatni davom ettirdi. Hozirda kema xavfsiz suv hududida ekanligi bildirilmoqda.
O‘g‘irlangan dengizchilar Germaniya fuqarolari emas, ularning qaysi davlatga mansubligi xavfsizlik maqsadida oshkor etilmadi.
Izoh (0)