AQShning Florida shtatida tug‘ilgan kun nishonlanayotgan kechada rossiyalik oilaning bir yoshli farzandi jakuziga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hodisa Pasko okrugida yuz bergan. Ota-ona tug‘ilgan kunni nishonlayotgan paytda bir yoshli o‘g‘il jakuziga yaqinlashgan. Kattalar bolaning yo‘qolganini payqaganida esa kech bo‘lgandi. Bola zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Politsiya bo‘lib o‘tgan voqeani baxtsiz hodisa deb hisobladi.
Izoh (0)