Gretsiya jurnalistlarining yetakchi kasaba uyushmalari ikki kunlik — 24-oktabr, soat 06:00da boshlanib, 26-oktabr, soat 06:00 da yakunlanadigan ish tashlash e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jurnalistlar qo‘shimcha ijtimoiy sug‘urta tizimini saqlab qolish, OAV xodimlari mehnat va ijtimoiy huquqlari buzilishini to‘xtatish, shuningdek, so‘z erkinligini ta’minlashni talab qilmoqda.
Ish tashlash davomida radio va televideniyeda yangiliklar berilmaydi, ko‘pchilik axborot saytlari faoliyatini to‘xtatadi.
Ma’lumot uchun, bu Gretsiya jurnalistlarining oy davomidagi uchinchi ish tashlashi.
Izoh (0)