Gondurasning 53 yoshli fuqarosi Visente Solano Mayamidagi savdo markazida terakt uyushtirishga urinishda ayblandi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Solano savdo markazida portlovchi qurilma o‘rnatish va uni portlatishni ko‘zlagani bildirilmoqda. U o‘z rejalarini, jumladan, yashirin faoliyat ko‘rsatadigan FQB agentlari bilan o‘rtoqlashgan.
Qo‘lga olinishdan avval erkakka portlovchi qurilma mulyaji yetkazildi va u terakt sodir etish uchun savdo markaziga yo‘l oldi.
Ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi va 250 ming dollarga jarimaga tortilishi mumkin.
Izoh (0)