Janubiy Koreya hukumati mamlakat janubi-g‘arbidagi ikkita yadro reaktori qurilishini davom ettiradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, Koreya hukumati Shin-Kori-5 va Shin-Kori-6 yadro reaktorlari qurilishini jamoatchilik muhokamasi natijalaridan kelib chiqib, davom ettiradi. Ammo bu mamlakat prezidenti Mun Chje Inning saylovoldi va’dalariga zid keladi.
Reaktorlar 2016-yilda qurila boshlagan, ishlarning 30 foizi tugallangan edi.
Loyihaga 1,4 milliard dollar sarflashdi. Jamoatchilik muhokamalari shu yilning iyulida boshlandi.
Izoh (0)