O‘zbekistonda “Orsk” muzlatgichlarini yig‘ish bo‘yicha zavod ochilishi mumkin. Bu haqda “Orskiye zavodi” savdo-sanoat kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Pisarev ma’lum qildi, deb xabar beradi “1news.uz”.
Pisarevga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston ishlab chiqarish va tadbirkorlik doiralari bilan hamkorlik imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda.
“Mahalliy ishchi kuchini jalb etgan holda ‘Orsk’ muzlatgichlarini yig‘ish bo‘yicha zavod ochish masalasi muhokama etilmoqda. Biz ehtiyot qismlar yetkazib berishni rejalashtiryapmiz. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirishga xizmat qiladi”, — ta’kidladi zavod direktori.
Izoh (0)