O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Vashington shahrida Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda 2017-yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumda erishilgan o‘zbek—amerika savdo-investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida tomonlar amerika kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur tashrif biznes-forumda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha qo‘shma savdo-investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida tashkil qilinadi.
Izoh (0)