Shotlandiya bolalarni himoya qilish tashkilotlari “Yashillar” partiyasi deputati Jon Finnining bolalarni jismoniy jazolashni man etish tashabbusini olqishladi. Mahalliy parlament 19-oktabr, payshanba kuni mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Shotlandiya hukumatining Jon Finni tayyorlagan qonun loyihasini hayotga tatbiq etish qarorini olqishlaymiz. Hukumatning bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni qonun yo‘li bilan mustahkamlash borasidagi qat’iyatidan mamnunmiz”, — deyiladi Shotlandiya bolalarni himoya qilish tashkilotlarining qo‘shma bayonotida.
Jon Finni qonun loyihasiga izohlarda bolalarni jismoniy jazolash hozirda dunyoning 52 mamlakatida qonunga zid hisoblanishi, buni 1979-yilda Shvetsiya boshlab berganligini eslatib o‘tadi.
Izoh (0)