• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyili qaror topmoqda

    “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”.

    Mamlakatimizda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, to‘liq hamda beg‘araz o‘rganish va ular yuzasidan qonuniy choralar ko‘rishda ana shu tamoyil ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Xalq bilan ochiq hamda samarali muloqot olib borish, joylarda aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni hal qilish ular faoliyati mezoniga aylanayotgani bugun ijtimoiy hayotimizning barcha jabhasida sezilarli o‘zgarishlarga turtki beryapti.

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ­fuqarolar murojaatlari bilan ishlashini yilning har choragida monitoring etib borish doirasida o‘tkazilgan navbatdagi tadqiqot buni yana bir karra isbotladi. Bu gal markaz mutaxassislari hududlardagi 2 mingta xonadonga tashrif buyurib, aholi keng qatlami vakillarining ayni yo‘nalishdagi fikr-mulohazalarini, munosabatini yaqindan o‘rgandi.

    Yurtimizning barcha hududida turli yoshdagi hamda turli millatga mansub fuqarolar shuni ta’kidladilarki, davlatimiz ­rahbari tomonidan asos solingan ­fuqarolar bilan muloqot qilishning yangi tizimi, “Xalq qabulxonalari”, “Virtual qabulxona” ins­titutlari inson huquqlarini muhofaza etish, jamiyatda qonun ­ustuvorligini ta’minlash, odamlarning ijtimoiy adolatga ishonchini oshirishda muhim o‘rin ­tutmoqda.

    Tadqiqotning ko‘rsatishicha, davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘z huquq hamda qonuniy manfaatlarini talab qilib murojaat etishda shaharliklar qishloq aholisiga qaraganda faoldir. Qizig‘i, ayollarimiz murojaat qilish bilan bog‘liq kons­titutsiyaviy huquqidan erkaklarga nisbatan keng foydalanmoqdalar. So‘nggi paytlarda pensionerlarning, davlat va nodavlat muassasalari, tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlar murojaatlari sonida ham o‘sish kuzatilyapti. Hududiy kesimda Sirdaryo (44 foiz), Andijon (35,6 foiz), Farg‘ona (33,8 foiz), Navoiy (32,2 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bu ­borada yetakchilik qilmoqda.

    Fuqarolarni qanday masalalar o‘ylantiryapti?

    Ijtimoiy so‘rovda ishtirok etganlarning qariyb yarmi o‘z huquq va manfaatlari yo‘lida turli darajadagi hokimliklarga muro­jaat qilgan. Har uchinchi respondent ­tegishli masala bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini yoki tuman (shahar)dagi Xalq qabulxonalaridan yordam so‘ragan. Fuqarolarning 8,2 foizi sud, huquqni muhofaza etish hamda nazorat organlariga murojaat yo‘llagan.

    Tahlillarga ko‘ra, 21 — 39 yoshdagi kishilar ko‘pincha o‘zlarini tashvishlantirayotgan muammoga chora topish uchun mahalla fuqarolar yig‘ini madadiga umid qilgan bo‘lsa, o‘rta va keksa yoshdagi respondentlar har qanday masalada to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy hokimliklarga uchragan.

    So‘ralganlarning 34,9 foizi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga muro­jaat etgan. Bu, ayniqsa, Samarqand, ­Toshkent, Andijon va Jizzax viloyatlari aholisiga xos bo‘lib, ularni ko‘proq ichimlik suvi, tabiiy gaz hamda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar o‘ylantiradi.

    Har beshinchi respondent pensiya va ijtimoiy nafaqalarning hisoblanishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat etgan. Ushbu mazmundagi murojaatlar Andijon, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida yashovchilar o‘rtasida tez-tez uchraydi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlaridagilar esa, boshqa hududlar aholisidan farqli o‘laroq, kredit yoki ssuda olishda muammolarga duch kelmoqda. Oilaviy-maishiy masalalarda davlat organlariga murojaat yo‘llagan fuqarolar soni 14,7 foiz kamaygan.

    Murojaat qilishdagi muammolar

    Tadqiqot asnosida fuqarolarning o‘z murojaatlarini qay yo‘sinda yo‘llashni afzal bilishi ham inobatga olindi. Ishtirokchilarning 76,7 foizi davlat idoralariga yozma tarzda, qabulxonalar orqali murojaat etishni maqbul sanaydilar. Qolgan respondentlar uchun internet orqali, jumladan, hukumat portali (gov.uz) hamda hokimliklar, vazirliklar va idoralarning elektron manzillariga murojaat yo‘llash har tomonlama qulay.

    So‘ralganlarning mutlaq qatta qismi mutasaddi idora yoki vakolatli shaxsga murojaatini taqdim qilishda hech qanday to‘siqqa, murakkablikka duch kelmaydi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda odamlar o‘z murojaatini rasmiylashtirish va yuborishda e’tirozga sabab bo‘lguvchi holatlarga to‘qnash kelmoqda. Qoraqalpog‘istonda 16,7 foiz, Toshkent viloyatida 8,7 va Samarqandda 8,3 foiz aholi ana shunday fikr bildirgan. Har ikkinchi fermer davlat organlariga murojaat yo‘llashda muayyan qiyinchiliklarni chetlab o‘tolmagan. Nodavlat muassasalar xodimlarining 16,7 foizi, shuningdek, uy bekalari hamda bola parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan ayollar birmuncha mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Aksariyati murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelgan bo‘lsa, ba’zi fuqarolarning arizalari mutasaddilar tomonidan qabul qilinmay, qaytarilgan.

    Keksa yoshdagi respondentlar va imkoniyati cheklangan shaxslar internet vositasida murojaat etishni mushkul vazifa deb ­biladi.

    10,7 foiz respondent murojaatni yozishda malakali huquqshunoslar maslahatidan foydalangan.

    Shikoyat ham bor, taklif ham bisyor

    O‘rganishlardan ayon bo‘ladiki, davlat tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning salmoqli qismi (87,6 foizi) individual mazmunga egadir. Jamoaviy murojaatlar soni esa ancha kam (12,4 foiz) bo‘lib, ularda ma’lum hududdagi aholini yoki bir qancha fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolar tilga olinadi. Uyushgan holda yozilgan ariza hamda shikoyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (28,6 foiz), Navoiy (26,3 foiz), Jizzax (22,2 foiz) va Toshkent (21,1 foiz) viloyatlarida, chunonchi, shaharlarda qishloq joylardagiga nisbatan ko‘proq uchraydi.

    Ayni vaqtda davlat hokimiyati organlariga shikoyat mazmunidagi murojaatlar soni oxirgi chorakda bir oz kamaygan, takliflar esa tegishincha o‘sgan. Hududiy kesimda shikoyatlar poytaxtimizda (37,2 foiz), Toshkent (28,9 foiz) hamda Buxoro (25,9 foiz) viloyatlarida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligi kuzatiladi.

    Ko‘pchilik respondentlar o‘z huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini tiklashda davlat organlari yordam bera olishiga qat’iy ishonadi. “Siz murojaat etgan davlat tashkiloti yoki xo‘jalik boshqaruvi organining rahbar yoki mas’ul shaxsi sizni suhbatlashish uchun qabul qildimi?” degan savolga ularning 83,1 foizi tasdiq javobini berdi. Ushbu ko‘rsatkich barqaror bo‘lib, davlat hamda fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning samarali rivojidan dalolat beradi.

    Ayni chog‘da so‘ralganlarning 16,9 foizi ariza yoki shikoyat bilan murojaat etganda mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinmagan. Bunday javobni ko‘proq Qoraqalpog‘iston Respublikasi (34,3 foiz), Sirdaryo (36,4 foiz), Buxoro (33,3 foiz) va Navoiy viloyatlari (31,6 foiz) aholisi bildirdi. Mansabdor shaxs tomonidan qabulning rad etilishi sabablari sifatida respondentlar quyidagilarni ko‘rsatdi: “rahbarning vaqti kamligi yoki yo‘qligi”, “xodimlarning o‘ta bandligi” yoki “rahbarning ish joyida yo‘qligi” (ta’tilda, yig‘ilishda, xizmat safarida ekanligi).

    “Sizga o‘z arizangizni qaytarib olish yoki o‘zgartirish maqsadida biror kishi tahdid qilish, qo‘rqitish bilan ruhiy bosim o‘tkazdimi?” savoliga esa 95 foiz ishtirokchi “Yo‘q” deb javob berdi. Fuqarolarning 50,6 foizi o‘z arizasiga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan o‘n besh kunlik muddat ichida javob olgan. 13,1 foizi murojaatlariga javobni bir oylik muddat ichida olganligini qayd etishdi. Albatta, shikoyat yoki arizani ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha vaqt hamda tekshirish talab qilingan hollarda, qonunan bunga yo‘l qo‘yiladi.

    Monitoring o‘z murojaatiga vaqtida javob ololmagan fuqarolar soni ko‘payganini ham aniqladi.

    Natijalar sarhisobi

    52,3 foiz ishtirokchining ta’kidlashicha, ular murojaat etgan tashkilot masalani yechish yuzasidan aniq harakatlarni amalga oshirgan. 47,7 foiz respondent, afsuski, o‘z murojaati bo‘yicha hech qanday amaliy ish qilinmaganini keltirdi. Bu raqam monitoring jarayonida 20 foizdan ziyod oshgani davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari murojaatlar bilan ishlash sohasida yanada jonlanishi, xalq bilan muloqotni kengaytirishi, faol yondashuvni namoyon etishi zaruratini ko‘rsatadi.

    So‘rovning yarmidan ko‘p qatnashchilari — 58,7 foizi davlat muassasalariga murojaat qilish natijalaridan to‘la qoniqadilar, 23,9 foizi esa qisman. 72,6 foiz fuqaro davlat hokimiyati hamda xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaatlari tufayli o‘z muammolarini hal etishga muvaffaq bo‘lgan.

    Murojaatiga berilgan javobdan qoniqmagan fuqarolarning aksariyati mavjud muammosini hal qilish uchun keyingi qadamlarni tashlamagan. Respondentlar orasida o‘z qonuniy manfaatlarini ko‘zlab tegishli tashkilotga qayta ariza yozgan, nazorat etuvchi yoki yuqori turuvchi idoralarga ushbu tashkilot ustidan shikoyat yo‘llagan yoxud yordam so‘rab prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga murojaat etganlar ham bor.

    Umuman, 2017-yilning birinchi, ikkinchi hamda uchinchi choraklarida o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovlari monitoringi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari murojaatlar bilan ishlash sohasida ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritayotganini tasdiqladi. Jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlariga tezkor, mufassal va xolisona javob berish, amaldagi qonun ­talablariga rioya qilish ana shular sirasiga kiradi.

    So‘rov natijalariga tayanib aytish mumkinki, davlat idoralari xalq bilan yuzma-yuz muloqotni kengaytirish, odamlarda bugungi kundan rozilik hamda ertangi kunga ishonch hissini kuchaytirish yo‘lidagi tizimli ishlarni yanada jadal sur’atda davom ettirishi hayotiy zaruratdir.

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi materiallari asosida F. Mahkamova tayyorladi.

    20.10.2017, 10:19   Izoh (0)   8135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MDH: ko‘p qirrali hamkorlikning muhim mexanizmi

    20.10.2017, 10:02

    Deputatlar islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

    20.10.2017, 09:16

    Andijonda qashqadaryolik fuqarodan 20 mln so‘mlik tarvuz olib, pulini bermagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

    20.10.2017, 09:07

    Oliy Majlis deputatlari Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodekslari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

    20.10.2017, 08:56

    Shayxontohurda tibbiyot kolleji o‘quvchisi boshog‘rig‘iga dori ichib, zaharlandi

    20.10.2017, 08:47

    BAA matbuoti O‘zbekistonni dunyoning yangi investitsion poytaxti deb atadi

    20.10.2017, 08:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolaligimizdagi mashhur ertak qahramonlari yangi talqindagi filmlarda qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 15 may, 13:59

    Sudanda strategik obyektlarga dronlar hujumi kuchaydi

    Dunyo | 15 may, 13:56

    “Tonirovka” bepul bo‘lmaydi — YHXX

    O‘zbekiston | 15 may, 13:50

    “Real” futbolchisi voyaga yetmagan qiz ishtirokidagi videoni tarqatishda gumon qilinmoqda

    Sport | 15 may, 13:46

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yoz mavsumida suv-energetika tizimi ish rejimlarini kelishdi

    O‘zbekiston | 15 may, 13:31

    Rossiya Qirg‘izistonda AES qurishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 15 may, 13:25

    “Ijodkorning qadri yo‘q” — 17 ta xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgan yosh rejissyor “O‘zbekkino”dan norozi (video)

    Shou-biznes | 15 may, 13:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.