Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates 24/7 axborot agentligi saytida Merritz yuridik firmasining boshqaruvchi sherigi Diana Bayzakovaning maqolasi e’lon qilindi, deb yozadi “Kommersant.uz”. U O‘zbekistonni dunyoning yangi investitsion poytaxti deb ataydi.
Xususan, maqolada investitsiyaviy iqlimni yaxshilash sohasida so‘nggi yilda amalga oshirilgan islohotlar tilga olinadi. Muallif, shuningdek, O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqini esga oladi.
“Hukumat tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonni iqtisodiy nuqtai nazardan kuchliroq qiladi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mamlakatga dunyoning investitsion poytaxtiga aylanish imkonini beradi”, — deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, valyutaning erkin konvertatsiyasi savdo rivojlanishi va ishbilarmonlik faoliyati o‘sishini rag‘batlantiradi, shu tariqa iqtisodiyotni mustahkamlaydi.
Izoh (0)