• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    MDH: ko‘p qirrali hamkorlikning muhim mexanizmi

    Shu yilning 10—11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan MDH sammitida ­Hamdo‘stlik doirasida hamkorlik imkoniyatlari keng ekanligi va bu jarayon izchil davom ettirilishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat ­Mirziyoyevning sammitdagi nutqi MDHga “tamomila yangi kelajakka taklif” sifatida ­yangradi. Binobarin, Hamdo‘stlik doirasida hamkorlik aloqalari ­jadal sur’atlarda yangi bosqichga chiqishi lozim.

    Mamlakatimiz rahbari dasturiy ­nutqida, mohiyatiga ko‘ra, MDH mexanizmini barcha sheriklar manfaatlarini inobatga olgan holda, zamonaviy voqeliklarga moslashtirish bo‘yicha aniq qarashlarini bayon qildi. O‘zbekiston MDH tashkil etilganidan beri siyosiy mustaqillikni saqlab qolgan holda, iqtisodiy integratsiya tamoyiliga qat’iy tayanib, davlatlararo munosabatlarni yangi asoslarda rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelgan.

    Davlatimiz rahbarining Hamdo‘stlik faoliyati istiqbollari haqidagi qarashlarining mohiyati shundaki, MDH ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning eng maqbul shakli bo‘lib, mazkur tuzilma ishtirokchi-davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Buni birlashmaning 26 yillik tajribasi ham ko‘rsatdi. Samarali institutsional va huquqiy mexanizmlar asosida shakllangan hamkorlik aloqalari, shuningdek, Hamdo‘stlik ishtirokchi-davlatlarining umumiy maqsad, manfaat hamda faoliyat sohalari borligi ham MDH istiqbollari porloq ekanligini ifodalaydi.

    Bugun O‘zbekiston, ­Prezidentimiz o‘z nutqida ta’kidlaganidek, sohaviy hamkorlikda, savdo-iqtisodiy ­tizimlardagi loyihalarni amalga oshirishda, terro­rizmga qarshi kurashishda va turli darajadagi maslahatlashuvlarda faol qatnashmoqda.

    O‘zbekistonning Hamdo‘stlik davlatlari bilan ko‘p tomonlama hamda ikki ­tomonlama munosabatlari negizida ­nafaqat MDH mamlakatlarining ­hududiy yaqinligi hamda o‘zaro iqtisodiy aloqalari, balki chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan madaniy va ma’naviy rishtalar yotadi. MDH davlatlari respublikamizning eng muhim iqtisodiy sheriklaridan hisoblanadi. Mamlakatimiz tashqi savdosi hajmida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar ulushi 37 foizdan ortiqni tashkil etadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston hamda MDH ­davlatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod oshdi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning MDH Iqtisodiy kengashidagi ishtirokini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarori hamda tashkilotlarning qator sohaviy organlari faoliyatiga qo‘shilishga tayyorligi Hamdo‘stlik faoliyati samaradorligini sezilarli ­darajada yuksaltirishga xizmat qiladi.

    Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistoning xo‘jalik aloqalarini, shu ­jumladan, hududlar darajasida saqlab qolish va chuqurlashtirishga intilayotgani MDH ishtirok­chi-­davlatlari iqtisodiyotining tarixiy nuqtai nazardan uzviyligi ­bilangina emas, balki dunyo bozoridagi kuchli raqobat muhiti ­bilan ham bog‘liq. Chunki milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni muhofaza etish kun tartibiga ko‘tarilmoqda. Dunyo amaliyoti shuni ko‘rsatayaptiki, geoiqtisodiy voqeliklarga birgalikda moslashish, umumjahon iqtisodiy muammolarini o‘zaro ­kelishgan holda hal qilish globallashuv natijasida paydo bo‘layotgan xavflarga amaliy javob bera oladi.

    MDHda ulkan salohiyatga ega bozorning mavjudligi ham Hamdo‘stlik davlatlarining iqtisodiy sohadagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu nafaqat an’anaviy iqtisodiy ishlab chiqarish aloqalarini saqlab qolish, balki ularni samarali rivojlantirish imkonini yaratadi. Ham­do‘stlik makonida ikki tomonlama savdo bitimlariga asoslanadigan erkin savdo tizimi amal qiladi. Shu bilan birga, Prezidentimiz qayd etganidek, Hamdo‘stlik makonida hech qanday istisno va cheklovlarsiz tez fursatda to‘laqonli erkin savdo hududini shakl­lantirish lozim. Mamlakatimiz rahbari amalda kuchli huquqiy asoslarni yaratishga chaqirdi. Bu MDH huquqiy qoidalari doirasida iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda milliy ­bozorlarda halol raqobatni ­ta’minlash imkonini beradi.

    Ishtirokchi davlatlarning sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ushbu vazifani hayotga tatbiq etishga xizmat qilishi mumkin. Avvalambor, texnologik, ishlab chiqarish va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish zarur. MDH makonida kooperatsiya mexanizmi investitsiyaviy, texnik, tarkibiy hamda moliyaviy siyosatni o‘ta muhim yo‘nalishlarga jalb etishning zamini bo‘ladi. Bunday muvaffaqiyatli hamkorlik, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini oshirish, bozorlarni kengaytirish va ko‘plab ijtimoiy masalalarni amaliy yechishga xizmat qiladi.

    Prezidentimizning MDH makonida samarali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish taklifi ham ushbu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi zamonaviy voqeliklar ma’muriy tartibot hamda reg­lamentlarni takomillashtirish, yuk tashuvlari va tranzit uchun o‘zaro preferensiyalar taqdim etish tizimini takomillashtirishni talab qiladi. MDH ishtirokchi-mamlakatlari iqtisodiyotida transport tizimini taraqqiy toptirish muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘zaro kelishilgan transport-logistika siyosatini olib borish, davlatlararo tranzit infratuzilmasini rivojlantirish tamoyillariga yagona yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu nafaqat tovarlar harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytiradi, ayni paytda Hamdo‘stlik yagona iqtisodiy makonini shakllantirishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

    Davlatimiz rahbari MDH mamlakatlarining innovatsiya hamkorligini jadallashtirish masalalariga, jumladan, yuqori malakali kadr­lar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar, yuqori texnologiyalar sohasida loyihalar, shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor qaratdi.

    Har qanday davlat hamda jamiyatning asosini tashkil etadigan oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash Sammit doirasida muhokama qilingan dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbari Sammit ishtirokchilariga murojaat etarkan, bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlat hamda jamiyatning asosini tashkil qiladigan asl va fundamental qadriyatlarni unutmasligimiz lozimligini qayd etib o‘tdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, milliy an’analarni asrab-avaylash hamda aholini ijtimoiy himoya qilishda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Aynan shuning uchun ham ushbu dolzarb sohada tajriba almashish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kelgusi yilda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

    O‘zbekiston Prezidenti qayd etganidek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi biz uchun ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik qilishning g‘oyat muhim institutidir, Hamdo‘st­lik ishtirokchi-mamlakatlari esa bizning doimiy sheriklarimiz, qo‘shnilarimiz va do‘stlarimizdir. Shuning uchun Sammitda muhim ­yo‘nalishlardan biri sifatida keng imkoniyatlari hamda ulkan salohiyati haligacha to‘liq ishga solinmagan turizm sohasi ko‘rib chiqildi. Bu MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini 2020-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini maqsadli amalga oshirish va aniq harakatlar rejasini ishlab chiqishni kun tartibiga qo‘yadi. Shu sababli ­davlatimiz ­rahbari Hamdo‘stlikning Turizm bo‘yicha kengashining nav­batdagi majlislaridan birini Samar­qandda o‘tkazishni taklif etdi.

    Umuman, barcha ishtirokchi davlatlarning tarixiy rishtalari hamda mushtarak maqsadlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning keng imkoniyatlariga mutlaqo yangicha nazar tashlashni taqozo qiladi. Shavkat Mirziyoyevning MDH sammitidagi nutqi aynan shu ezgu maqsadni ko‘zlagani bilan tarixiy ahamiyatga ega. O‘zbekiston hamkorlik uchun qat’iy kirishgan va ushbu birlashmani mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shish niyatida. Joriy yilning 3 noyabr kuni poytaxtimizda MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishi hamda 2020-yilda Hamdo‘stlikka raislikning qabul qilinishi ­buning yaqqol tasdig‘idir.

    Aleksey Kustov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

    20.10.2017, 10:02   Izoh (0)   4279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputatlar islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

    20.10.2017, 09:16

    Andijonda qashqadaryolik fuqarodan 20 mln so‘mlik tarvuz olib, pulini bermagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

    20.10.2017, 09:07

    Oliy Majlis deputatlari Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodekslari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

    20.10.2017, 08:56

    Shayxontohurda tibbiyot kolleji o‘quvchisi boshog‘rig‘iga dori ichib, zaharlandi

    20.10.2017, 08:47

    BAA matbuoti O‘zbekistonni dunyoning yangi investitsion poytaxti deb atadi

    20.10.2017, 08:42

    Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

    20.10.2017, 08:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Tottenhem”ning Savinyo bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi

    Sport | 15 avgust, 11:01

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    “Isroil xalqaro jurnalistlarga G‘azoga kirishga ruxsat berishi lozim” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 10:55

    Meksika ko‘chalarida 4 ming dollarlik robot it sayr qilmoqda (video)

    Dunyo | 15 avgust, 10:43

    Buyuk Britaniyada chivin orqali yuqadigan kasallik holatlari ikki barobar ko‘paydi

    Dunyo | 15 avgust, 10:29

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.