Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ikkinchi yangiliklar tasmasi paydo bo‘ladi. Tasmada tavsiya qilinadigan yangiliklar aks etadi. Explore deb nomlanayotgan tasma hozirgi paytda sinov rejimida bo‘lib, cheklangan foydalanuvchilarga ko‘rinmoqda, deb yozadi Meduza.
“Biz ommabop maqolalar, video va suratlar aks etadigan qo‘shimcha tasmani kiritishni boshladik. Tasma har bir foydalanuvchining qiziqishidan kelib chiqib, avtomatik ravishda yangiliklarni tavsiya qiladi”, — deya ma’lum qilgan Facebook vakili.
Ta’kidlanishicha, Facebook’ning ikkinchi tasmasi foydalanuvchilar tomonidan saytda yoki mobil dasturda o‘tkaziladigan vaqtni ko‘paytiradi, shuningdek, reklama joylashtirish uchun qo‘shimcha maydon bo‘ladi.
Izoh (0)