Mobil telefonlar uchun mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi ma’lumotlarni 5G tarmog‘i orqali uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan modemni sinab ko‘rdi. Gap ma’lumotni soniyasiga 5 gigabitgacha bo‘lgan tezlikda uzata oladigan Snapdragon X50 modemi haqida ketmoqda, deb yozadi “Kommersant”.
Sinovda soniyasiga 1 gigabitdan yuqori tezlikka erishishga muvaffaq bo‘lingan. Shu bilan birga, Qualcomm 5G da ishlay oladigan smartfon loyihasini ham taqdim etdi. Smartfonning savdosi 2019-yilda boshlanishi kerak.
Izoh (0)