Alphabet (sobiq Google Inc.) xoldingi tarkibida mashinalarni avtonom boshqarish tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Waymo kompaniyasi o‘zi mashinalarni sinovdan o‘tkazayotgan shtatlarda politsiyachilar uchun treninglar o‘tkazib, ularga ko‘rsatmalar bermoqda, deb yozadi “Motor” firma tomonidan e’lon qilingan 43 sahifali hujjatga tayanib.
Waymo’dagilar ta’kidlashicha, bunday tadbirlar sinovlar o‘tkazilayotgan har bir shaharda olib borilmoqda. Kompaniya xodimlari politsiyachilar va qutqaruv xizmatlari xodimlariga favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda qanday qilib haydovchisiz avtomobildan foydalanishni tushuntirmoqda.
Shuningdek, kompaniyadagilar ma’lum qilishicha, haydovchisiz prototiplar avtomobillardagi sirenalarni tanib, ularga tegishli ravishda reaksiya ko‘rsata oladi. Masalan, chetga o‘tib, maxsus transportni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Izoh (0)