AQShning Merilend shtatida otishma uyushtirgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Xarford okrugi politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
18-oktabr, chorshanba kuni ertalab erkak shtat biznes-parklaridan birida hamkasblariga qarata o‘q uzdi va shundan so‘ng yashirindi. Politsiya merganning shaxsini aniqladi, u 37 yoshli Redi Prins bo‘lib chiqdi.
“Prins Delaverda Alkogol, tamaki, o‘qotar qurol va portlovchi moddalar agentligi — ATF va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)