KXDR ballistik raketalarni tashishga qodir suv osti kemasini yaratmoqda. Bu haqda “Tona ilbo” nashri AQSh razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Maqolada ta’kidlanishicha, Amerika maxsus xizmatlari “sharqiy sohilbo‘yidagi Xamgyon-Namdo provinsiyasining Sinpxo port shahrida, suvda egallaydigan hajmi 2 ming tonnadan ortiq bo‘lgan va uzunligi 11 metr keladigan dizel-elektr yordamida harakatlanuvchi suv osti kemasi yaratilayotgani haqidagi faktni oshkor etgan”.
Nashrning qayd etishicha, submarinaning ushbu yangi turi ballistik raketalar tashishga mo‘ljallangan, 1,7 ming tonnalik “Kore” (Kit) suv osti kemasining o‘rnini egallashi mumkin.
Izoh (0)