Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatining Mayvand tumanida terrorchilarning bazaga hujum uyushtirishi oqibatida 40 ga yaqin afg‘on harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo news telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar xudkush afg‘on qurolli kuchlariga tegishli ikkita yo‘ltanlamasga o‘rnatilgan bombalarni portlatib yuborgan.
Izoh (0)