Iroq sudi Kurdiston vitse-prezidenti Kosrat Rasulni hibsga olishga ruxsatnoma chiqardi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Iroq Kurdistoni prezidentining o‘rinbosari oxirgi chiqishida Kirkukka kirgan Iroq hukumat qo‘shinlarini “bosqinchilar” deb atadi. Endi u yetti yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.
13-oktabr kuni Kosrat Rasul Kirkuk hududiga “Peshmerga”ning 6 ming kishilik otryadini tashlashga ko‘rsatma bergan edi. O‘z navbatida, Iroq hukumati kurd guruhlari hududni 48 soat ichida tark etishini talab qildi.
15-oktabr kuni Kurdiston federal hukumat talabini bajarishdan bosh tortdi. 16-oktabrda hukumat qo‘shinlari Kirkuni deyarli qarshiliksiz egalladi.
Izoh (0)