Nigeriyaning Delta shtatida noma’lum qurolli shaxslar Buyuk Britaniyaning 4 fuqarosini o‘g‘irladi. Bu haqda shtat politsiyasi vakili Endryu Aniamaka ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Britaniyaliklarning o‘g‘irlanishi 13-oktabrda ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular qishloq joylarida mahalliy aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha gumanitar dastur doirasida ishlagan missionerlardir.
“Biz asir olganlarning niyatini bilish va britaniyaliklarni hayotlarini xavf ostiga qo‘ymay qutqarishga harakat qilmoqdamiz”, — ta’kidladi Nigeriya politsiyasi vakillari.
Izoh (0)