O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 18-oktabr kuni MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, suhbat davomida 2017-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilingan.
Izoh (0)